SAID MAHRUYJON MAJMUASI

SAID MAHRUYJON MAJMUASI — Xivadagi me’moriy yodgorlik (1884). Said Muhammad Maxruyjon maqbarasi atrofida barpo etilgan Ma- drasa, qorixona, maqbara va b.dan ibo- rat majmua. Said Maxruyjon madrasasi (40,0×53,0 m)ga g’arbdan 2 kichik madrasa (Kichik Mahruyjon); qorixona va kichik Mahruyjon maqbarasi (11,0×14,1 m) tu- tash. Katta hovliga Jandan 3 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Madrasa burchaklaridagi an’anaviy darsxona va masjid o’rniga hujra va qo’shimcha xona- lar joylashgan. Hujralar oldi ravokli. Madrasaning shim.da xrvli ichkarisiga Said Maxruyjon maqbarasi qurilgan. Undagi Muhammad Rahim II va Temurg’ozi to’ra sag’analarini usta B.Voisov koshin b-n serhasham bezagan majmuaning Jan. sharqida, ichki xrvli atrofida olti gum- bazli masjid, darvozaxona, ziyoratxona, maqbara va hujralar joylashgan. Mas- jid va maqbara (36,0×35,0 m) chorsi gum- bazli, hujralar balxi gumbazli. Maj- muaning g’arbida 2 katta va 3 kichik xona mavjud.