SAID SHOLIKORBOY MAJMUASI

SAID SHOLIKORBOY MAJMUASI — Xivadagi me’moriy yodgorlik. Savdogar Said Sholikorboy qurdirgan (1842). Majmua (33,0×32,0 m) 2 hovli, masjid, madrasa, ayvon va minoradan iborat. Masjid to’g’ri to’rtburchak tarhli (24,4×21,2 m), bal. 12 m., 9 gumbazli, 4 ustunli Markaziy gumbazi ravoqsimon bagallarga tayangan, diametri (4,8 m)ning kengligi b-n ajralib turadi. Masjidga ayvon orqali 3 bo’lmali 3 eshikdan kiri- ladi. Ayvondagi ustunlarda mahalliy yog’och uymakorligining eng yaxshi an’ana- lari aks ettirilgan. Ustunlardan biri- da 1797 y. sanasi saqlangan. Ayvon de- vorlariga ganchdan o’ymakori usulda na- moenlar ishlangan. Masjidga shim.dan hovli tutash bo’lib, hovlining yarmisini ayvon egallagan. Madrasa (14,6×4,2 m) masjid sharqidagi kichik hovli atrofi- dagi tartibsiz joylashgan bir necha xo- nadan iborat. Sharqiy va shim. tomonida- gi hujralar 2 qavatli. 1-qavati tokchali, 2-qavati derazali. Madrasa va masjidga kiraverish oralig’ida minora (diametric — 4,5 m) qad ko’targan. Tanasi bezaklar- ga boy. Tepasidagi sharafasining ostiga ravoqsimon mezana ishlangan. Bosh tar- zidagi peshtoq bezagida «bantak» uslubi qo’llanilgan. 1983 y.da qayta ta’mir- langan. Hoz. kunda majmuada Xiva jome masjidi joylashgan.