SAIDOV RUSTAM TO’XTASINOVICH

SAIDOV RUSTAM TO’XTASINOVICH (1978.6.2, Dushanba) — bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1999). «O’zbekiston iftixori» (2001). 91 kilogrammdan yuqori vaznda O’zbekiston chempioni (1999— 2002), Markaziy Osiyo o’yinlari (1999, Bishkek; 2003, Dushanba) g’olibi, Osiyo chempioni (1999, Toshkent; 2002, Serembran; 2004, Puerto-Printsessa), Osiyo o’yinlari g’olibi (2002, Pusan), jahon chempionati (2003, Bangkok) va Olimpiada (2002, Sidney) bronza medali sovrindori. O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (2003). Chirchiq shahri ichki ishlar bo’limida ishlaydi.