Saken Sayfullin
Saken Sayfullin (taxallusi; asl ismi Saidvaqqos) (1894.12.6, Oqmo’la viloyati Nilda volosti — 1939.3.2, ol- maota) — qozoq yozuvchisi va davlat arbo- bi. Omskdagi o’qituvchilar seminariy- sida o’qib yurgan kezlarida (1913— 16) she’rlar yoza boshlagan va bu she’rlar 1914 y.da Qozonda «o’tgan kunlar» nomi b-n nashr etilgan. S.S. Omskda bol- sheviklar b-n tanishib, ular ta’siriga berilgan. Fevral voqealaridan keyin (1917) Oqmo’lada «yosh Qazaq» shahar yosh- lari harakatini tashkil etib, «tirik- chilik» gaz.ni nashr etgan. Qozog’iston ASSR maorif xalq komissari (1922), XKS raisi (192225). S. S. keyinchalik ijodiypedagogik sohalarga o’tib, «en- bekshi Qazaq» («mehnatkash qozoq») gaz. va «adabiyot maydoni» jur.da moharrir (1922-25), Qizilo’rda xalq maorif in- ti (1925— 28), Toshkent (1927-28), hamda qozoq pedagogika intlari (1930— 37)da o’qituvchilik qilgan. S. S. «Asov tulpor» (1922), «do’mbira» (1922), «eks – press» (1926), «turmush to’lqinida» (1928) she’riy to’plamlari, «Ko’kchetov», «Cho’loq sayg’oq» (1924), «ayrilgan oqqushlar» (1925), «Chjan Tsaolin» (1927) dostonlari, «baxt yo’lida», «qizil Shunqorlar» (1920) pesalari, «Top yo’l, toyg’oq kechuv» tarixiymemuar romani (1927), «Oysha» (1922), «er qazuvchilar» (1928), «mevalar» (1935) qissalari, qozoq adabiyoti va folklori haqidagi maqolalar muallifi. S.S. «Mayakovskiy- cha» erkin she’r tuzilishini qozoq she’- riyatiga olib kirgan. Asossiz repressiya qilingan; o’limidan so’ng oqlangan.