Sakkiz yoqli maqbara

Sakkiz yoqli maqbara – Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (15-asr). Shohizinda ansambli tarkibida. Samarqand me’morligiga xos bo’lmagan (ozarbayjonlik me’mor qurgan deb taxmin qilinadi) uslubda, 8 ravoqli (nomi ham shundan), tomonlari ochiq qilib qurilgan. Tagida doira tarxli daxma — go’rxona joylashgan. Tashqi qirralari sopol g’ishtchalar bilan qoplangan. Ravoq tepasidagi qanoslari yorqin lojuvard rangda terma koshinlar bilan bezatilgan. Gumbazi (diametri — 6,3 metr) qayta tiklangan. Ichki bezagida qizil, ko’k va oq rangdagi naqshlar qo’llanilgan.