SALAKA

SALAKA (Clupea harengus membras) — seldlar urug’iga mansub baliq, atlantika seldining kenja turi. Uzunligi 20 santimetrgacha, gigant Salaka —38 santimetrgacha. Boltiq den-gizining Sharqiy qismi, ayrim Shvetsiya ko’llarida tarqalgan. Tuda bo’lib yashaydi. Tez o’sadi. Planktonxo’r, gigant Salaka — yirtqich. 6-11 yil yashaydi. 2-3 yoshda (uzunligi 10-12 santimetr) voyaga yetadi. Sohil yaqiniga 2-20 metr chuqurlikka 10 mingga yaqin uvildiriq tashlaydi. Ovlanadi.