SALAMANDRASIMONLAR

SALAMANDRASIMONLAR (Salamandridae) — dumli suvda va quruklikda yashovchilar oilasi. Uz. 10-28 sm. Tish- lari ustki va ostki jag’larida joy- lashgan; qrvoklari rivojlangan; vo- yaga etgan davrida o’pkasi bor. 45 turi Evrosiyo, Shim. Afrika, Shim. Ameri- kada tarqalgan. Haqiqiy salamandra- larga dumli salamandralar, tritonlar urug’lari kiradi.Haqiqiy salamandra- lar Markaziy va Jan. Evropa, Shim. G’arbiy Afrika, Jang’arbiy Osiyoda tarqalgan. Quruqlikda yashaydi. Dog’li, ya’ni olovli salamandra ko’pchilikka ma’lum, uz 20-28 sm; qora yaltiroq tana- sida yorqin sariq rangli dog’lari bo’ladi; tirik tug’adi. Uzun dumlilardan Kavkaz salamandrasi G’arbiy Kavkazda uchray- Di; uz. 19 sm gacha, endemik tur. Triton- lar suvda va suv bo’yida hayot kechiradi; salqin va nam o’rmonlar, tog’daryolari bo’yida uchraydi, okshomlari va kechasi ovga chiqadi; mayda umurtqasizlar b-n oziklanadi. Urug’lanishi ichki; urgochi- si tuxumlarini suvga qo’yadi. Lichinkasi suvda rivojlanadi. Ko’pchilik turlari tuxumdan tirik tug’adi. Lab. Hayvonlari sifatida foydalaniladi. O’rta Osiyo hududida S. uchramaydi; tritonlar akva- riumda boqiladi.