Salat
Salat (pazandachilikda) — turli sabzavotlar va mevalardan, tuxum, go’sht va b. qo’shib tayyorlanadigan yaxna taom. S.ning alohida turlariga go’sht, qazi, tuxum, qaymoq, qatiq, ziravor, oshko’ki va b. xam qo’shiladi. S. taom xazmini engillashtiradi, uni vitaminlar b-n boyitadi. O’zbek pazandachiligida Max- sus texnologiya b-n tayyorlanadigan tur- lari — go’shtli, sabzavotli, pishlokli, mevali va boshqa S.lar bor. Bulardan eng ommalashgani: achchtshchuchuk (shakarob). Toshkent Si — o’simlik moyi dog’lanib piyoz jazlanadi va xona haroratigacha sovitiladi, turp somoncha usulida na- fis to’g’ralib, issiq suvda bir chaykab yuboriladi va 1-2 soatcha suvga so- lib ko’yiladi. Qaynatib pishirilgan mol go’shti somoncha usulida to’g’raladi. Go’shtni va piyozdog’ni turpga aralash- tirib tuz va murch sepib, ta’mi rostla- nadi. Dasturxonga salat idishlarida ustidan qaymoq quyib, yuzini go’sht, turp va tuxum bo’laklari b-n bezab, chakilgan oshko’klar sepib tortiladi; suzmali S.— barra piyoz, Rayhon, kashnich, ukrop sovuq suvda yuvilib, mayda qirqiladi, suzmaga bir oz qo’shib, yaxshilab eziladi; ustidan tuz, tuyilgan zira, qalampir sepiladi va suzmaga aralashtiriladi.