Salimiya masjidi
Salimiya masjidi – Turkiya (Edirne shahri)dagi me’moriy yodgorlik (1569-75). Me’mori Xoja Sinon. Salimiya masjidi o’ziga xos tashqi ko’rinishga ega. Murabba tarxli, xonaqohi ulkan gumbazli (Diametri 31,28 metr). Gumbaz 8 ta ravoqli ustunlarga tayangan. Xonaqoh 3 tomondan galereyali, ravoqli, tomi gumbazli xonalar bilan o’ralgan. Hovli o’rtasida katta Mar-Mar favvora bor. Masjidga kiriladigan 7 ta marmar peshtoqli eshiklarning 4 tasi zalning yon tarzlarida joylashgan. Salimiya masjidida koshin va marmar bezaklar keng qo’llanilgan. Uning 4 burchagidagi 4 minora (balandligi 70 metr) masjidga salobat baxsh etgan. Salimiya masjidida turk me’morligining milliy qirralari yorqin aks etgan.