Salimov Damir Ismoilovich

Salimov Damir Ismoilovich (1937.19.7, Samarqand) — kinorejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). VGIK (Butunittifoq davlat kinematografiya inti)ni tugatgan (1960). Salimov birinchi o’zbek multiplikatsiya filmlarining («6×6 kvadratida»; «Sehrli sandiq») muallif va rejissyori. Keyinchalik «Balkon», «Do’stingni ehtiyot qil» va boshqa multfilmlarni ishlagan. U «Yo’ldosh Oxunboboyev», «Non, tuz va qo’shiq», «yorug’yo’l» kabi hujjatli, «Sahro uzra osmon», «tog’lar chorlaydi», «Shum bola», «hayot mazmuni» singari badiiy filmlarga rejissyorlik qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1983).