SALIMOVA SULUV

SALIMOVA SULUV (1956.10.2, Baxmal tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Jizzax pedagogika institutini tugatgan (1979). 1975— 2001 yillarda Baxmal tumanidagi 1-maktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi. Darslarni noan’anaviy usulda, yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tgan.