SALJUQIYLAR DAVLATI
SALJUQIYLAR DAVLATI — yaqin va O’rta Sharq, qisman Movarounnahrda Saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038-1308). S.D.ga Saljuqnnj nevarasi Sulton To’g’rulbek asos solgan. Saljuq turklari 11-a. ning 20y.larida harbiy xizmatlari Eva- ziga Xurosonda Mahmud G’aznaviydan ko’plab mulklar olganlar. Biroq keyin- chalik G’aznaviylar ularga qarshi lashkar jo’natib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qal’ada tutqunlikda saqlashgan (1032 y. u xibsda o’lgan). Saljuqiylar g’aznaviilarga qarshi olib brogan ko’plab muvaffaqiyatli janglaridan so’ng Nishopurni egallab, o’z rahbarlari To’g’rulbekni Sulton deb zlon qiddilar (1038). Dandanakon jangidagi g’alabadan so’ng, u Xuroson hukmdori deb e’lon qilindi. Astasekin Saljuqiylar Xu- roson, Xorazm, G’arbiy Eron, Ozarbay – jon, Iroq (Bag’dod b-n birga)ni o’zlariga bo’ysundirdilar. Bag’dodda To’g’rulbek nomiga xutba o’qitilgan. Abbosiylar xalifasi alqoim (hukmronlik davri: 1031-75) hokimiyatni To’g’rulbekka top- shirib, uni Sulton hamda «Sharq va G’arb podshohi» deb tan olishga majbur bo’lgan va qizini unga xotinlikka bergan. To’g’rulbek Rayni, uning ukasi Chag’ribek Dovud (990-1060) Marvni o’zlariga poy- taxt qildilar. 1050 y.da To’g’rulbek poy- taxtni Raydan Isfahonga ko’chirgan. Alp Arslon va Malikshoh xukmronli- klari davrida Saljuqiylar kichik Osiyo va yaqin Sharqda mustahkam o’rnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori ro- man IV Diogenning 200 ming kishilik qo’shinini engib (1071), butun kichik Osiyoni (1071-81), keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishgan. Armaniston, Gruziya, Shirvon ham bo’ysundirilgan. Shu davrda Balx, Termiz (1044), Buxoro, Samarqand (1089), keyinchalik Farg’ona vodiysi Saljuqiylar qo’l ostida bir- lashgan. Hatto Sharqiy Turkistondagi Qoraxoniylar ham ularning ustunli- gini tan olishgan. Alp Arslon poy- taxtni Isfahondan Marvga ko’chirgan. Saljuqiylar qo’shinlari Arabiston ya.o.dagi Yaman va Bahrayn erlarini ham o’z tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi davrida S.D. harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli bo’lgan. Bu vak- tda poytaxt yana Isfahonga ko’chirilgan. 11-a. oxirlarida S.D. Sharqiy Turki- stondan O’rta er va marmar dengizla- rigacha bo’lgan katga hududni o’z ichiga olgan. Bu davlat Xitoy b-n Vizantiya o’rtasida joylashgan. Salibchilarning Sharqqa qilgan yurishlarini to’xtatishda saljuqiylarning xizmati katta bo’lgan. 11-a. oxirlaridan boshlab, S.D. par- chalana boshlaydi. Chunki 1salib yuri- shi natijasida S.D. Gruziya, Shirvon hamda kichik Osiyoning sohil bo’yi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajralgan (1096-99). S.D.dan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Mas, Kermon sultonli- gi (1041 — 1187), Shom (Suriya) Sulton- ligi (1074-1117), Ko’niya sultonligi va b. saljuqiy sultonlar o’g’uz va b. turkey urug’lar boshliqlari, Jasur jangchilarga iqto in’om qilganlar. Mac, Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat — mulkka AJ- ratib, ularni amirlar va lashkarboshi- larga iqto tariqasida bergan. Kattakat- ta mulklarga ega bo’lgan iqtodorlar esa mustaqil bo’lishga harakat qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan so’ng, uning o’g’illari o’rtasida taxt uchun kurash avj oldi. Akauka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri: 1092-94), Barqiyoruq, Malikshoh II (hukmronlik davri: 1104— 25), G’iyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105-18) ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish b-n birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarta qarshi kurash olib bo- rishga majbur bo’lganlar. Buyuk S.D. taxt uchun kurashlar oqibatida Sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’lingan. G’arbiy qismga kirgan G’arbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sul- tonligi (1118-94) nomi b-n Sulton G’iyosiddin Muhammadning o’g’li Sulton Mahmud (hukmronlik davri: 1118-31) boshqarishni boshlagan. U Hamadonni o’ziga poytaxt qilgan. Sharqiy qism, asosan, Xuroson, Seyiston, Xorazm va Movarounnahrdan iborat bo’lib, unga Sulton Malikshohning kenja o’g’li Sulton Sanjar hukmronlik qilgan va poytaxti Marv bo’lgan. Sanjarning qudrati avjga chiqqan davrlarda g’arbiy Saljuqiylar ham uning siyosiy ta’siri ostida bo’lishgan, G’aznaviylar davlati esa unga 1117 y.dan tobe bo’lgan. Biroq Sharqsan qoraxitoylarning Movarounnaxrga bo- stirib kirishi, Samarqand yaqinida bo’lgan mashhur Qatvon jangi (1141 y. 9 sent.) da ular qarluqpar b-n birgalik- da Saljuqiylar va qoraxoniylarning Birlashgan qo’shinini tormor qilishi natijasida Sanjarning kuchqudrati za- iflasha boshlab, u Movarounnahr, keyin- chalik Xurosonning asosiy qismidan AJ – raladi. Anushteginiylartn Qutbiddin Muhammad, xususan, Otsiz davrlarida Xorazm ham S.D.dan ajralib chiqib, o’z mustaqilligini tiklagan. Otsiz, haggo Saljuqiylar poytaxti Marv- ni egallab, Nishopurni qamal qilgan (1141-42). Sanjarning vafoti (1157) dan so’ng saljuqiylarning Xurosonda- gi hokimligi tugagan. Xuroson g’uzlar (o’g’uzlar) tasarrufiga kirgan. 1117 y. saljuqiylarning Shom (Suriya) Sulton- ligi, 1187 y. Kermon sultonligi ham tu- gatilgan. Xorazmshoxdar 12-a. 2-yarmidan boshlab g’arbiy saljuqiylarning Iroq Sultonligiga kuchli zarbalar berishgan. Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini ham tormor qilib, o’z davlatiga qo’shib olgan (1194). Faqat Kichik Osiyodagi Ko’niya (Anadolu yoxud Rum) sultonligi 14-a. boshlarigacha hukm surgan. Davlatni boshqarish. S.D. tepasida oliy hukmdor — Sulton (Sulton ula’zam) turgan. Uning nomidan xutba o’qilib, tan- ga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida o’tgan. Mulk, ersuv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablari- ga tayinlash, amaldorlar ishini nazo- rat qilish va b. sultonning vakolatlari doirasiga kirgan. Saljuqiylarning boshqaruv tizimi Somoniylar, Qoraxoniylar, g’aznaviylarniki singari ikkiga: dargoh va devonlarga bo’lingan. Ulug’Hojib, Horis amiri (amiri Horis), saloxdor, xos vakil, Alamdor, Jondor, tashtdor, sarhang, miroxur dargoxdagi asosiy lavozimlar sanalgan. Bosh va- zir devoni a’lo — Markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni tug’ro, devoni istifo(moliya devoni), devoni ishraf (nazorat devoni), devoni arz (harbiy va- zirlik) kabi rasmiy devonlar bo’lgan. Viloyat boshliklari (voliylar) ham o’z devonlariga ega bo’lishgan. Voliylar sul- ton tomonidan tayinlangan bo’lib, ular viloyat hayoti b-n bog’liq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham deyarli shunday bo’lgan. S.D.da, ayniqsa, Buyuk saljuqiylardan To’g’rulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va ma- Daniy hayotda katta ko’tarilish yuz ber- gan. Hunarmandchilik taraqqiy qilgan: to’qimachilik, kulollik, zargarlik, oy- nasozlik, temirchilik, ko’nchilik va gi- Lam to’qish rivojlangan. Buyuk ipak puli ulkan saltanatning Markaziy shaharlari orqali o’tgan. Sharqiy Evropa, Vizan- tiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari b-n savdo aloqalari gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va G’arb o’rtasidagi savdoni jonlantirish uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj to’lovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi orqali tur- kistonga neft mahsulotlari keltiril- gan. Ichki savdo ham rivojlangan. Mam- lakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (kizil dinor) joriy etilgan. Bundan tashqari, mahalliy dinor (Rukniy) va mis dirhamlar ham bo’lgan. Madaniyati. S.D.dailm-fan vamada- niyat rivojlangan. Ayniqsa, Eron, Iroq va Movarounnahrda madaniy yuksalish yuqori bo’lgan. Nishopur, Isfahon, Bas- ra, Hirot, Marv, Buxoro, Samarqandda madrasalar bunyod qilingan. Xususan, buyuk vazir Nizomulmulk qurdirgan Bag’doddagi Nizomiya madrasasi (1067) butun jahonga mashhur bo’lgan. Nizo- mulmulk davlatni boshqarish asoslari haqida «Siyosatnoma» asarini yaratgan. Munajjim va riyoziyotchi olim Umar Xay- yom loyihasiga ko’ra, Isfahonda rasadxo- na kurilgan. U Malikshoh topshirig’iga ko’ra, rasadxonada kuzatuv ishlarini olib borgan va sosoniylarning sham- siy taqvimini isloh etib, yangi taqvim («Malikshoh taqvimi» yoxud «Jalol erasi») ni tuzgan (1079). Nizomiy Gan- javiy, Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy, Umar Xayyom fors she’riyati- ning so’nmas durdonalarini yaratishgan. Muhammad G’azoliy, Farididdin Attor, Xoja Yusuf Hamadoniy kabi Islom ula- molari va so’fiylar ijod kilishgan. S.D.da riyoziyot va ilmi nujum (Bahovuddin Abubakr Marvaziy, Shara – fiddin Tusiy, Abulhasan Ali Marva- ziy, Abulhotam Muzaffar Isfizoriy, Zahiriddin G’aznaviy), tibbiyot va kimyo (Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy), tarix (Zahriddin Nishopuriy, Sadrid- din Husayniy, Anushirvon Koshoniy, Abu Bakr Ravondiy), adabiyot (adib so- bir Termiziy, Nosir Xusrav, Anvariy, Asiriddin Axsikatiy, Raf’iy Marva- ziy va b.) sohalariga oid ko’plab bebaho asarlar yaratilgan. Bu davrda Nishopur, Marv, Isfahon, Ray, Hamadon kabi poytaxt shaharlar, shuningdek, Buxoro, Samarqand, Termizda ko’plab me’mo- riy yodgorliklar qurilgan. Marv gul- lab yashnagan, u «Marvi Shohijahon» — «Shaharlar shohi» deb ulug’langan. Tarixchi va sayyoh yoqut Hamaviy Marvda bo’lganida bu erda 10 ta yirik kutubxona borligini ko’rgan va ulardan foydalan- gan. Termiz yaqinidagi Payg’ambarorolda Zulkifl majmuasi (11-12-a.lar), Sul- ton Saodat me’moriy majmui (11 — 18-a.lar), Jarqo’rg’on minorasi (1109), Marvda Sulton Sanjar maqbarasi (12- a.) va b. me’moriy obidalar qurilgan. Saljuqiylarning Ko’niya sultonligi- da ham madaniyat taraqqiy etgan. Kichik Osiyoning islomlashish jarayoni kuchay- ib, tasavvufning mavlaviylik, Bekto- shiya kabi tariqatlari shakllangan, Axiy- lik (javonmardlik) va qalandarlik ku- chaygan. Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro (1240-1320), Xoja Bektosh Vali (1248— 1338), Sadriddin Ko’nyoviy, Shahobiddin Suhravardiy singari mashhur mutasav- viflar etishib chiqqan. Ko’niya (Ikoniy), Sivas, Qaysariya, Nikeya sh.lari yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu paytda «O’g’uznoma» dostonining yozma va- rianti shakllangan, latifaaa Xo’ja na- sriddin (Afandi) obrazi (Turkiston va Anadoluda) yaratilgan. Manbalar: Sadriddin Ali alxu- sayni, Axbar addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavarix), M., 1980; Abulfazl Beyxaki, Istoriya Mas’uda (10301041), T., 1962, 2nashri, M» 1969; Rashidaddin, Sbornik letopisey, t.1, kn. 1, M.L., 1952; Fazlallax Rashid ad-din, Oguzname, Baku, 1987; Nizomulmulk, Siyosatnoma yoki siyar ulmuluk, T., 1997. Ad:. Gordlevski y V. A., Izbrannie Sochineniya, t. [(Gosudarstvo Seldjuki- dov Maloy Azii), M., 1960; Agadjanov S. G., Gosudarstvo seldjukidov v Sred- ney Azii v XI—XII vv., M., 1991; aza- mat Ziyo, O’zbek davlatchiligi tarixi, T., 2000; Termiz — buyuk chorrahadagi ko’hna va yangi shahar, T., 2001; Raxmanaliev R., Imperiya tyurkov, M» 2002. Qahramon Rajabov.