SALLAGUL

SALLAGUL, pion (Paeonia) — sallaguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simliklar, ba’zan chala buta va butalar turkumi, ekma gul. Yevropa, Yevrosiyo va shimoliy Amerikada 40 ga yaqin, O’zbekistonda 2 turi ma’lum. O’tsimon Xitoy yoki sutrang Sallagul (P. lactifl ora, P. chinensis), dorivor Sallagul (P. offi cinalis) va boshqa turlariga mansub juda ko’p navlari ekiladi. Ildizi kuchli rivojlangan, yo’g’on. Novdalari tik, 30-120 santimetr, ko’pincha shoxlanmagan. Bargi ketma-ket joylashgan, yashil yoki ko’kimtir, kuzda qizg’ish yoki to’q binafsha rang. Guli yirik (diametri 20 santimetrgacha), yakka, oq, sarg’ish, Pushti, qizil, ko’p chiligi xushbuy. Asosan, avgust oxiri — sentabr boshlarida ildizini bo’lish nuli bilan ekiladi. Yangi ekilgan o’simlik ekilganidan keyin 2-3-yili may—iyunda gullaydi. Hovli va dala bog’larda o’stiriladi. Butasimon turlaridan yarim buta Sallagul (P. suffruticosa) ekiladi, o’tsimon Sallagul turlari ildizlariga payvandlash, parxish qilish, qalamchasi va urug’idan ko’paytiriladi. Aprel—iyunda gullaydi.