Salmanasar

Salmanasar — Ossuriyada hukmronlik qilgan shohlar nomi. S. I — shoh (an’anaviy sanaga ko’ra, mil. AV. taxm. 1280-60). Mitanni dav- latiga qarshi otasi Adadnirari I tomo- nidan boshlangan urushni davom etgir- gan. Mitanni qo’shinlari va ko’makchi Xett va oromiy otryadlarini tormor qilib, amalda Mitannini yo’q qilgan. S. I qo’shinlarini Karxemishga yurishi Xett- lar va Misrga xavf tug’dirgan. Bu Xett podshosi Xattusili III va Misr Fir’- Avni Ramses II o’rtasida sulh tuzilishi- ni, shuningdek, XeggBobil ittifoqini qaytadan tiklanishini tezlashtirgan. Shim.da S. I Urartu qabilalari uyushma- sini mag’lubiyatga uchratgan. S III — shoh (mil. AV. 859-825 yoxud 824). Ashshurnasirpal II (Ashshurnasira- pal)ning o’g’li va vorisi. Bitadini pod- sholigini (Frot daryosini o’rta oqimi bo’ylari) tobe etgan va shim. Suriyadagi bir qator davlatlarga o’lpon to’lash maj- buriyatini yuklagan. S. III ning Damashq podsholigini egallash uchun qilgan harakati zoe ketgan. S. III Finikiyaning savdo shaharlari va Isroil podsholigi- dan o’lpon olib turgan. Sharqda Midiya va Urartuga qarshi talonchilik yurishla- ri qilgan. S V — shoh (mil. AV. 727-722). Ti- glatpalasar III ning o’g’li va vorisi. Ayni vaqtda Bobil podshosi (Ululay nomi b-n) bo’lgan. Tir va Isroil podsho- ligiga qarshi harbiy yurishlar qilgan. Muqaddas ibodatxonalar joylashgan shaharlarning (Ashshur, Sippar, Nippur va Bobil) dahlsizligini bekor qilgan, ular zimmasiga soliq to’lash va turli majburiyatlarni yuklagan. 722 y. Sama- riya qamali chog’ida taxtdan ag’darilgan.