Salmonxo’ja Samarqandiy
Salmonxo’ja Samarqandiy (19-asr) — tarixchi olim. Samarqand qozikaloni Abdulxay xonadonida tug’ilgan. Samarqand va Buxoroda madrasa tahsilini olgan. Buxoro amiri Muzaffarttt farmoni bilan «tafsil va bayoni davlati jamoa Mang’it azzamoni Rahimxon» («Rahimxon davridan boshlab mang’itlar davlatining tafsili va bayoni») asarini yozib, unda mang’itlar sulolasi tarixi Muhammad Rahim davridan boshlab to podsho Rossiyasi bosqini — 1868 yilgacha muxtasar bayon qilingan. Asarning qo’lyozma nusxasi Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. Ad.: Abdullayev I., Hikmatullaev H., Samarqandlik olimlar, T., 1969.