SALOHIDDIN TOSHKANDIY

SALOHIDDIN TOSHKANDIY, Mullo Salohiddin ibn Mullo Alouddin Xoja (19-a.ning 2-yarmi — Toshkent — 20-a. boshlari) — adib. Hayotiga oid ma’- lumotlar deyarli saqlanmagan. «Temurno- ma» (1908) badiiy asarigina etib kelgan. S.T. «Temurnoma»ni yaratishda ko’pgina tarixiy, badiiy va liniy asarlardan foydalangan. Asar an’anaviy hamddan boshlangan. So’ng Movarounnaqrda hukm surgan sulolalar tilga olingan. Asosiy qism 47 dostondan iborat. Amir Temur- ning bolaligidan tortib butun hayoti, Markaziy Osiyoni mo’g’ullar zulmidan ozod qilishi, Dashti qipchoq, rus erlari, Ural sari qilingan yurishlar, Eron, tur- kiya, Shom va Iroq, Hindistonga qo’shin tortishlar, Boyazid Yildirim b-n bo’lgan janglar, ular b-n bog’liq sarguzashtlar qiziqarli hikoya qilingan. Muallif Amir Temurga bemisl hurmat b-n yon- dashib, badiiy jonlantirgan. Kitobda Islom va uning vakillariga ham keng o’rin bergan. Movarounnaxrda mo’g’ullar istibdodi yillarida ham Islom siyosa- tiga, bosqinchilar fe’latvoriga ta’sir o’tkazib turganini ta’kidlagan. Unda 500 dan ortiq tarixiy shaxslar nomi tilga olingan. Kamol Xo’jandiy, Sayd Ahmad, Abdulla Zotifiy, Ismat Buxo- riy kabi shoirlar hamda o’z she’rlari- dan 1030 misra she’r berilgan. Asar Jahongir shoh hayoti misolida kishilar- ni mehroqibatli bo’lishga, o’tmishda yuz bergan qirg’inlardan saqlanishga, tin- chlikning kadriga etishga da’vat etadi. As: Temurnoma, T., 1990.