Salohiddinov Husniddin Qozoqovich
Salohiddinov Husniddin Qozoqovich (1914.1.12 — Toshkent — 2004.16.3) — nevropatolog olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964), tibbiyot fanlari Doktori (1958), professor (1959). ToshTIni tugatgach (1939), shu institut nerv kasalliklari kafedrasi assistenti (1941-50), dotsenti (1951-57), Andijon tibbiyot instituti nerv kasalliklari kafedrasi mudiri (1958 yildan). Ilmiy ishlari periferik nerv ustunlarining vegetativ kasalliklari, shuningdek, orqa miyadagi turli patologik jarayonlarda yuraktomir sistemasi funktsional faoliyatining o’zgarishi masalalariga bag’ishlangan. As: sostoyanie serdechnososudistoy sistemi pri ochagovix porajeniyax Spinnogo mozga, T., 1961; K vegetativnoy Patologii travm perifericheskix nervov, T.. 1965.