Saloniki, Fessaloniki
Saloniki, Fessaloniki — GRE- tsiyadagi shahar, Egey dengizining ter- maikos qo’ltig’i sohilidagi yirik port (yiliga 10 mln. t yuk ortibtushirila- Di), Bolqon ya.o. davlatlari uchun tran- zit port. Saloniki nomi (viloyat)ning ma’muriy markazi. Aholisi 378 ming kishi, shahar atrofi b-n 749 ming. Aero- porti xalqaro ahamiyatga ega. Iqtisodiy ahamiyati bo’yicha mamlakatda Afina sh.dan keyin 2o’rinda. Neftni qayta ish- lash va neft kimyosi, metallsozlik, ma- shinasozlik (xususan, kemasozlik va kema ta’mirlash), to’qimachilik, oziq-ovqat, ko’npoyabzal, tsellyulozaqog’oz sanoati korxonalari mavjud. S.da har yili kuzda xalqaro yarmarka o’tkaziladi. un-t, arxeo- logiya muzeyi bor. S.ga mil. AV. 315 y.da Makedoniya shohi Kassandr tomonidan asos solin- gan. Mil. AV. 148 y.da rimliklar qo’l ostiga o’tdi. Vizantiya davrida ahamiyati bo’yicha Konstantinopoldan keyin 2o’rinda turgan. 1430 y.dan Usmonli turklar saltanati tasarrufiga o’tgan, 1912-13 y.lardagi Bolqon urushidan keyin Gresiya tarkibida. Me’moriy yod- gorliklardan qad. Rim saroy ansamblla- ri, qal’a devorlari va minoralar, qasr (14-a.), cherkov (4-a.) saqlangan.