Salor

Salor — Toshkent viloyatidagi kanal. Qibray tumani hududida Bo’zsuv kanalidan suv oladi. S.k.ning bosh qismi Salor GES ning quyi chiqarish o’zanida joylashgan. Toshkent sh. xududi- dan o’tadi. Zangiota tumanining Jan.dan o’tib, Yangiyo’l tumanida tugaydi. Umu- miy uz. 60 km. Kanalning kengligi 10— 15 m, chuq. 1-2 m. Bosh suv olish inshooti 20 m3/sek suv o’tkazishga mo’ljallangan. Kanaldan dam va polvon kanallari suv oladi. Toshkent sh.ning bir nechta sa- noat korxonalari, jumladan, Toshkent issiqlik elektr markazining suv ta’mi- noati uchun foydalaniladi. S. qadimda Bo’zsuvning chap soxilidan, hozirgi sa- lor GES ning quyirog’idan qazilgan. S.ga Bo’rjar, Qorasuv oqovalari ham kelib qo’shilgan. Natijada S.ning suvi birmuncha ko’payib, undan Kurkuldak va Niyozboshi ariqlari chiqarilgan. S, Kurkuldak va Niyozboshi bo’ylarida mil. AV. 1ming yillik o’rtalari va mil. AV. 1asrlarda vujudga kelgan qad. dehqonchilik madaniyati yodgorliklari kup uchraydi. Bu davrda S. va uning sho- xobchalari bo’ylarida turli istehkomlar (Qovunchitepa, Kuygantepa, Niyozbosh- tepa va b.) paydo bo’lgan. 4— 11asrlar- da S. bo’yida Mingo’rik, Toshkentning qadimiy markazi — Binkat, shuningdek, Danfi ganket, Shuturkent va b. shaharlar Vu judga kelgan. 11 — 12-a.larda S. bir- muncha kengaytirilgan, suvi ko’paygan; lekin 13-a.da mo’g’ullar hujumidan key- in qarovsiz qolgan. Keyinchalik (19-a.) kanal o’zani yangidan qazilgan. So’nggi yillarda kanal o’zanining AK-sariyati ta’mirlanib, ayrim kismlari qayta qurilmoqda. Kanalning Toshkent sh.da Pushkin ko’chasi b-n temir yo’l be- kati ko’prigigacha bo’lgan qismi to’liq qayta ta’mirlandi, obodonlashtirildi va istirohat bog’lari tashkil etiddi. Kanalning suv o’tkazish qobiliyatini oshirish (50 m3/s gacha etkazish), o’zanini betonlash ishlari olib borilmoqda. S. suvi b-n Zangiota va Yangiyo’l tumanla- rida 3,5 ming ga er sug’oriladi. Ziyomiddin Artukmetov, Bahodir So- liev.