Salor GES

Salor GES — O’zbekistonda dast- labki qurilgan gidroelektr st-yalaridan biri. Chirchiq— Bo’zsuv suvenergetika traktida Toshkent viloyati Qibray tuma- nida qurilgan, 1944 y.ning mart oyida qurilishi tugallagan. Asosan, hashar yo’li b-n barpo etilgan. «O’zbekenergiya» davlataktsiyadorlik kompaniyasining «Qodriya GESlar kaskadi» sho»ba korxo- nasi tarkibida. 11,2 MVt kuvvatli bir agregat o’rnatilgan. Elektr energiyasi 35 kv kuchlanishda uzatiladi. 2003 y.da 73 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi. GES Toshkent sanoat korxonala- ri, shahar transporta va aholini elektr energiyasi b-n ta’minlashda ahamiyatga ega. Hozir GES to’la avtomatlashti- rilgan, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi.