SALTANATTEPA (SETALANTEPA) GAZ KONI

SALTANATTEPA (SETALANTEPA) GAZ KONI — Buxoro viloyatidagi kon. Kogon t.y. stantsiyasidan 35-40 km Jan.sharkda. 1976 y.dan foydalaniladi. Kon relefi kichik gumbazsimon soy- likdan iborat, atrofi Buxoro svitasi ohaktoshlari b-n o’ralgan. Strukturasi shim.Sharq yo’nalishida cho’zilgan asimmetrik braxiantiklinal- dan iborat. Uning Jan.Sharqiy qanoti yotiq (30-40°), diz’yunktiv dislokasiya- ga uchragan. Apt yarusining 12mahsuldor gorizonti bo’yicha Saltanattepa braxi- antiklinali o’lchami 6×3 km, bal. 90 m. Chuqurlik ortgan sari qanotlar qiyaligi 40-45° ga etadi va yura yotqizikdarining gumbazi bo’r yotqiziqlarinikiga nisbatan 250-300 m ga siljigan. Birinchi quduq 1953 y. qazilgan va yura yotqiziklarida sanoat miqyosidagi gaz borligi aniklan- gan. Konda jami 7 ta quduq qazilgan. Burg’ilash chog’ida paleozoy, yura, bo’r va paleogen jinslari ochilgan. Bo’r yotqiziqlarida 2 ta 11, 12, yura- da ham 2 ta 16, 17mahsuldor gorizontlar ajratilgan. 11gorizontning qalinligi 10-20 m, g’ovakliligi 14— 20%. Uyum o’lchami 2×0,8 km, bal. 15 m bo’lib, 507— 600 m chuqurlikda ochilgan. Boshlang’ich qatlam bosimi 5,74 MPa, debiti 218 ming m3/sutka, katlamdagi t-rasi 36°. 12gorizontning qalinligi 28 m, g’ovakliligi 12,2%. Uyum o’lchami 5,5×2,7 km, bal. 75-80 m, 450 m chuqurlikda ochilgan. Boshlang’ich qatlam bosimi 8,38 MPa, t-rasi 40°. 16gorizontning qalinligi 7-10 m, g’ovakliligi 15%. Uyum o’lchami 4×1,5 km, bal. 30 m, 1020 m chuqurlikda ochilgan. Uyum tipi qatlamli, gumbazli. Gaz Debi- ti 123,5 ming m3/sutka. Qatlam bosimi 10,9 MPa va t-rasi 48°. 17gorizont, aso- san, ohakli qumtoshdan tarkib topgan, kalinligi 6,3 m, g’ovakliligi 14,17%. Uyum tipi 16 gorizontniki b-n birxil. Uyumo’lchami 3×1 m, bal. 2,5 m, gaz debiti 101,6 ming m3/sutka, qatlam bosimi 10,5 MPa, t-rasi 50°. Uyum rejimi suv bosim- li. Ochilgan hamma gorizontlardagi gaz- ning fizikkimyoviy tarkibi birbiriga yaqin: metan 88,2%, karbonat angidrid gazi 0,34%, og’ir uglevodlar 4,6910%, vodorod sulfid 0,027%, zichligi 0,641. Kondensat mikdori 0,77 sm3/m3. Kondan hoz. vaqtda foydalanilmoqda.