Salvador

Salvador (Salvador), Elsal- vador Respublikasi (Republica de El Salvador) — Markaziy Amerikada, Tinch okean sohilida joylashgan davlat. Mayd. 21,4 ming km2. Aholisi 6,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — SanSalvador sh. Ma’muriy jihatdan 14 departament (departamento)ra bo’lingan. Davlat tuzumi. S. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1983 y. dek.da qabul qilingan, unga 1991 y. tuzatish- lar kiritilgan. Davlat boshlig’i — Pre- zident (1999 y.dan Fransisko Flores Peres), u umumiy to’g’ri ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi va navbatda- gi muddatga qayta saylanish xuquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi organi — qonun chiqaruvchi Majlis (bir palatali parla- ment). Ijrochi hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan Vazirlar amalga oshira- Di. Tabiati. S. tog’li mamlakat, uning katta qismini 600-700 m balandlikda- gi vulkan tog’lari egallaydi (eng baland joyi santaana vulkani, 2381 m). Jan. da tinch okean sohili bo’ylab 10-30 km kenglikdagi pasttekislik cho’zilgan. Teztez zilzila bo’lib turadi. Oltin, ku- mush, rux, qo’rg’oshin, mis va temir ruda, ohaktosh, gips, oltingugurt, tuz konlari bor. Iqlimi tropik, passatli. O’rtacha oylik tra SanSalvador sh.da 21-22°. Yillik yog’in 1500-1800 mm, shim.da 2500 mm, tektonik botikda 600-700 mm. Qisqa, jo’shqin Daryo, vulkanli ko’llar ko’p. Asosiy daryosi — Lempa. Aso- san, jigarrangqizil ferralitlashgan tuproqlar tarqalgan. Tabiiy tropic o’simliklari deyarli yo’q qilib yuboril- gan, tog’larda qarag’ay va eman o’rmonlari saqlangan, ikkilamchi savanna maydonla- ri bor. Qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar ko’p. Montekristo, Elimpo- sible milliy bog’lari bor. Aholisi, asosan, salvadorliklar; ularning ko’pchiligi ispanindeys metis- lari. Rasmiy til — ispan tili. Dindor- lari, asosan, katoliklar. Aholining 55% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari — SanSalvador, Santaana, Sanmigel. Tarixi. 7-a.gacha S. hududida indeys- larning Mayya, naxua qabilalari yashagan. 16-a.da mamlakat g’arbi va markazini in- deyslarning pipil, sharqini esa Lenka qabilalari egallagan. 1524 y.dan 1821 y.gacha Ispaniya mustamlakasi. 1560 y.dan Gvatemala generalkapitanligi tarki- bida bo’lgan. Amerikadagi ispan mu- stamlakalarining 1810— 26 y.lardagi mustaqillik uchun urushi davomida 1821 y. mustaqillikka erishdi. 1823— 39 y.larda Markaziy Amerika Qo’shma provintsiyalari tarkibida, 1841 y.dan mustaqil davlat. Mamlakatda o’tkazilgan islohotlar natijasida iqtisodiyot ri- vojlanib, 19-a. oxiri — 20-a. boshlari- da sanoat korxonalari barpo etila bosh- ladi. ljahon urushi arafasida dastlabki ishchi tashkilotlari, kasaba uyushmalari vujudga keldi. 1931 y. mamlakatda dav- lat to’ntarishi bo’lib, terrorchi dikta- tura o’rnatildi va u 1932 y. A. Farabun- do Marti boshchiligidagi qo’zg’olonni bostirdi. S. 2-jahon urushi vaqtida 1941 y.dan fashizmga qarshi koalisiyaga qo’shildi. 1944 y.gi yalpi ish tashlash na- tijasida diktatura ag’darib tashlandi. 1969 y. S. hukmron doiralari Gonduras- ga qarshi urush boshladi. 5 kun davom et- gan urush mamlakat iqtisodiyotiga putur etkazdi. Bir necha yil mobaynida S.da siyosiy beqarorlik hukm surdi, 1979 y. hokimiyatni qo’lga olgan harbiy xunta xalqni qirg’in qilish siyosatini o’tkazdi. 3 y. davomida 40 mingdan ko’proq kishi o’ldirildi, 100 mingdan ortiq kishi Vatanni tark etdi. 1980 y. Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti tashkil etildi. 1980-92 y.larda xunta- ga qarshi fuqarolar urushida 75 mingga yaqin kishi qurbon bo’ddi, 1 mln.ga yaqin kishi qochoqqa aylandi. Nihoyat, 1991 y. yanv.da sulh shartnomasi tuzilib, demo- kratik rivojlanish yo’liga o’tildi. 1994 y. umumiy saylov o’tkazildi, unda barcha siyosiy partiyalar ishtirok etdi. S — 1945 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821). Siyosiy partiyalari va kasaba uyush- malari. Millatchi respublikachilar Ittifoqi, 1981 y. tuzilgan; Milliy yarash partiyasi, 1961 y. tashkil etilgan; S xalq partiyasi, 1966 y. asos solingan; Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti, siyosiy partiya sifa- tida 1992 y. ro’yxatga olingan; xristi- andemokratik partiya, 1960 y. tuzilgan. Kasaba uyushmalari umumiy konfedera- tsiyasi, 1958 y. tashkil etilgan; umumiy mehnat konfederasiyasi, 1983 y. tuzil- gan; S. unitar kasaba uyushma Federasi- yasi, 1965 y. asos solingan. Xo’jaligi. S. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ulushi 15%, sanoatning ulushi 24%, xizmat ko’rsatish sohasi 61%. Aholining aksariyati q.x.da band. Yirik tovar xo’jaliklari b-n bir qatorda mayda dehqon xo’jaliklari ham bor. Dehqonlarning ko’pchiligi er- siz. Q.x.ga yarokli erlarning 50% da dehqonchilik qilinadi. Asosiy eksport ekinlari: kofe (dunyoda 6o’rin), paxta, shakarqamish; oziq-ovqat ekinlaridan makkajo’xori, oq jo’xori, loviya, sholi, sabzavot, mevalar; texnika ekinlaridan xeniken, kunjut, indigo, tamaki etish- tiriladi. Chorvachiligi zaif. Qoramol, cho’chqa boqiladi, baliq ovlanadi. O’rmonlarda yog’och tayyorlanadi, balsam olinadi. Sanoati sust rivojlangan. Oz miqdorda oltin va kumush, qo’rg’oshin, rux va mis rudalari, ohaktosh, gips qazib olinadi. I.ch. sanoati kofe, qandshakar, sholi oklash, un, yog’, vino, to’quvchilik, ko’npoyabzal, yog’ochsozlik, oyna korxona- laridan iborat. Neft haydash, metal- lurgiya, mashinasozlik (avtoyig’uv), kimyo, tsement, tsellyuloza z-dlarining ayrimla- ri chetdan keltirilgan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar asosida ishlaydi. Kimyo, farmasevtika, neftni qayta ishlash, yog’ochsozlik, metallurgiya sanoati rivojlanmoqda. Xalq hunarmandchiligi (qo’lda qalpoq, savat to’qish va b.) rivoj- langan. Yiliga o’rtacha 3,3 mlrd. kvtso- at elektr energiyasi, asosan, GES lar- da hosil qilindi. T.y. uzunligi — 562 km, avtomobil yo’llari — 12,3 ming km. Panamerika katta yo’li S. orqali o’tadi. Asosiy dengiz portlari: Akaxut- la, LaUnon, LaLibertad. SanSalvador yaqinida Ilaponga xalqaro aeroporti bor. S. chetga kofe, qand xom ashyosi, paxta, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi, chetdan mashinauskunalar, keng iste’mol molla- ri, yoqilg’i va moylash materiallari ola- Di. AQSh, Markaziy Amerika mamlakat- lari, GFR, Yaponiya b-n savdo qiladi. Pul birligi — Salvador koloni. Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiy- ma’rifiy muassasalari. Kasalxonalar- ning ko’pi davlat qaramog’ida. Vrachlar Elsalvador un-tining tibbiyot ftida tayyorlanadi. Umumiy ta’lim maktablari 11 y.lik bo’lib, u 9 y.lik boshlang’ich va 2 y.lik o’rta maktabdan iborat. O’rta maktab o’quvchilarining yarmi xususiy o’quv yurt- larida ta’lim oladi. Boshlang’ich maktab o’qituvchilarini normal maktablar, o’rta maktab o’qituvchilarini o’qituvchilar tayyorlash kollejlari va un-tlarning ped. bo’limlari tayyorlaydi. Industrial va q.x. bilim yurtlari hunartexnika ta’- limi beradi. Sansalvadorda 3 ta un-t, 4 kollej va b. oliy o’quv yurtlari bor. Ilmiy muassasalari: S. Fanlar aka- demiyasi, S. tarixi akademiyasi (1925), yadro energiyasi komissiyasi, Geotexnika tadqiqotlari markazi va b. Milliy ku- tubxona (1870), Milliy muzey (1883), hayvonot bog’i va botanika bog’i mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: «Venseremos» («g’alaba bizniki», kun- dalik gaz., 1981 y.dan), «Diario de oy» («Bugungi gazeta», kundalik gaz., 1936 y.dan), «Unidad obrera» («ishchilar bir- ligi», gaz.), «Diario ofisial» («Ras- miy gaz.», kundalik gaz., 1875 y.dan), «Kultura» («Madaniyat», har chorakda chiqadigan jur.), «Militante» («Faol», haftanoma). Milliy axborot agentligi yo’q. S. radiostyalari uyushmasiga 1965 y.da asos solingan. 64 tijorat radiostya- si bor, teleko’rsatuvlar 1956 y.dan bosh- langan, tijorat asosida ishlaydi. Adabiyoti. Mayyakiche indeyslari- ning qad. yozuvlari hali o’rganilmagan. S. mustaqillikka erishgandan keyin ispan tilida milliy adabiyot yaratildi. 19-a. o’rtalarida romantik she’riyat rivoj- lana boshladi (M. Alvares Kastro, E. Oyos, I. Ruis Arauxo, milliy madhiya muallifi X. X. Kanyas). Keyinchalik modernizm yo’nalishidagi shoirlar R. Dario va F. Gavidia she’rlari mashhur bo’ldi. 20-a. boshlarida yaratilgan na- sriy asarlarda maishiy turmush aks et- tirildi (E. Alvarado, A. Ambroji va b.), bu davr she’riyati shaklbozlik va dekadentlik yo’liga kirib ketdi. S. Sa- lasar Arruening hikoya va romanlarida xalq va avvalo indeyslar hayoti haqqoniy tasvirlandi. 2-jahon urushidan keyin M. A. Espinoning «odamlar va o’lim», K. A. Kastroning «haqiqiy ertaklar», F. Machon Vilanovaning «qizil to’lqin» romanlari salmokli asarlardir. R. Dal- ton Garsia, R. Armixo, M. de Selva va b.ning she’riyati ijtimoiy mavzuni ri- vojlantirdi. Me’morligi va san’ati qadimdan Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikara- Gua va Kostarika madaniyati b-n mush- tarak. Mustamlaka davrida bir qavatli uylar, yog’och o’ymakorligi b-n bezatilgan pastqam cherkovlar qurildi. 1940y.lar oxirida S. shaharlarida zamonaviy bi- nolar (bank, mehmonxona, idoralar) bar- po etila boshladi (me’morlar A. Sol, E de sola va b.). Tasviriy san’ati 20-a. dan Evropa va Meksika san’ati ta’siri- da rivojlana boshladi. S. Salarrue, X. Mexia Vides, N. Kankura, R. Elas Reyes, X. Dias, K. A. Kanyas kabi rassomlar, V. Estrada, N. Noches Avendano, X. Agilar Gusman kabi haykaltaroshlar mashhur. Xalq san’ati turlaridan keramika, toshbaqa kosasi va poyadan bezak ashyolar, idishlar yasash rivoj topgan. Ommaviy san’at turlari- dan Bayles yoki sereytes ashula va raqslarXrivojlangan. Xalq musiqa asboblari — gitara, Marimba (ksilo- fonning bir turi), fleyta, zarbli asbo- blardan ueuetl, testonaaustle va b. 1980 y.da suratga olingan «Salvador — xalq g’alaba qozonadi!»hujjatli filmi milliy kino san’ati yuzaga kelganidan darak berdi.