Samarqand-andijon temir yo’li
Samarqand-andijon temir yo’li — chor Rossiyasi tomonidan 1880-1890 y.larda harbiy maqsadlarda qurilgan Zakaspiy harbiy temir yo’li (Krasnovodsk—Jebel—Chorjo’y— Samarqand —Toshkent va Andijon) ning davomi. Uz. 530 km. 1895-99 y.larda qurilgan. Dastlab harbiy, ya’ni O’rta Osiyoda Angliya ta’sirining oldini olish maqsadlarda qurilgan, keyincha- lik siyosiyiqtisodiy jihatdan kat – ta ahamiyatga ega bo’ldi. Zakaspiy t.y. Samarqandga etkazilgach (1988), Chor Ros- siyasi hukumati uni Farg’ona vodiysi va Toshkent tomon uzaytirishga qaror qiddi. 1895 y. 27 mayda S—A. t.y.ni va uning Toshkent va yangi Marg’ilon (hoz. Farg’ona sh.) ga olib boradigan tarmoqlarini qurishga kirishildi. Qurilishga 2 ta t.y. bataloni hamda aholidan 13 ming ishchi jalb qilindi, ularga injener A. I. Ursati boshchilik kildi. Qurilish materiallarining aksariyati Andijon, Qo’qon, Marg’ilon va Toshkentdan, qolgan qismi Rossiyadan keltirildi va qurilish ishlari juda og’ir sharoitlarda olib bo- rildi. S—A.t.y., dastlab, Ursatevskaya (hoz. Xovos)gacha, keyin 1898 y.da Andi- jongacha etkazildi. 1899 y. Samarqand— Toshkent tarmog’i qurib bitkazildi. 1899 y. apr oyidan bu yulda poezdlar muntazam qatnay boshladi. Shu yili za- Kaspiy t.y. Harbiy vazirlik ixtiyoridan olinib, temir yo’llar vazirligi IX- tiyoriga o’tkazildi. Hoz. davrda bu yo’l «O’zbekiston temir yo’llari» davlatak- tsiyadorlik kompaniyasining bo’limlariga qaraydi. Uning Samarqanddan Toshkent- gacha bo’lgan qismi to’la elektrlashtiril- gan va elektropoezdlar katnaydi. Ad.: Suvorov V. A., Istorikoekonomicheskiy ocherk razvitiya Turkestana (Po meteria- Lam j.D. stroitelstva v 1880-1917 gg.). T., 1962. Tohirjon Mirzaev.