Samarqand choy qadoqlash fabrikasi

Samarqand choy qadoqlash fabrikasi — eng to’ng’ich sanoat kor- xonalaridan biri. O’zbekiston yog’moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibida faoliyat ko’rsatadi. Davlat korxonasi. f-ka 1923 y.da tashkil etilgan. U paytda choy 200 g li qilib, qo’lda qadoqlangan. 1938 y.da fabrikaning yangi binosi ishga tushirilgan, 2-jahon urushi davrida kengaytirilgan. 1950-60 y.larda yili- ga 12-15 ming t choy ishlab chikarilgan. 1980-90 y.larda qo’shimcha zamonaviy choy qadoqlash uskunalari o’rnatilib, yillik choy i.ch. quvvati 28-30 ming t ga etkazildi. 1996 y.da korxonada Hindistonda ishlab chiqarilgan texnologik uskuna- lar o’rnatilib, choy qadoklashda yangi rangli polimer plyonkalardan foy- dalanish joriy etildi. Fabrikada qadoqlanayotgan choy maxsulotlari va yor- damchi mahsulotlar, asosan, Hindiston va Xitoydan keltiriladi. Mahsulotlar mamlakatimiz ichki bozorida sotiladi. 2002 y.da 2238 t qadoqlangan choy ishlab chikarildi.