Samarqand-Qarshi avtomagistrali

Samarqand-Qarshi avtomagistrali (A378) — O’zbekiston hududidagi xalqaro ahamiyatli avtomobil yo’li, umumiy uzunligi 138 kilometr. Yo’l I—III toifali, asphalt-beton qoplamali. Yilning kuzqish fasllarida Toshkent— Termiz (Ml39) xalqaro avtomagistralining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari oralig’idagi Taxtaqoracha dovonidan o’tuvchi qismida og’ir yukli avtopoezdlarining qatnovini ta’minlash, Samarqand—Qashqadaryo viloyatlari o’rtasida avtobus harakatini yo’lga qo’yish va xalq xo’jalik yuklarini tashishda muhim o’rin tutadi. Yo’ldagi transport harakati jadalligi 4000— 6000 avtomobil/kunni tashkil qiladi (2003).