«Samarqand ushshog’i»

«Samarqand ushshog’i» – Ushshoqning Hoji Abdulaziz Rasulov qayta ishlab bastalagan yo’li. «Ushshog’i Hoji», «Daromadi Ushshoq» deb ham yuritiladi. «Samarqand ushshog’i»ga Uzzolning ohanglari daromad qilib olingan va keyingi ashula jumlalari Ushshoq ohanglariga ulanib ketgan. Avjida Ushshoq va Uzzol namudlari ishlatilgan. «Samarqand ushshog’i»ning yirik va qisqaroq variantlari mavjud bo’lib, dastlab Zebunnisoning «injost» radifli g’azali, keyinchalik Masiho, Komil, Ogahiy g’azallari bilan ham aytila boshlangan. «Samarqand ushshog’i»kuyidan T. Sodiqov va R. Glier «Layli va Majnun», A. Kozlovskiy «Ulug’bek» operalarida foydalanishgan.