SAMODIY XALQLARI
SAMODIY XALQLARI (samodiylar; eski nomi — samoedlar) — xalq. Neneslar, entslar, nganasanlar, selkuplarning umumiy nomi. Samodiy tilida so’zlashadi. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, Janubiy Sibir Samodiy xalqlarining qadimgi vatani bo’lib, ular bu yerdan miloddan 1 va 2-ming yillikning boshida astasekin shimolga tarqalganlar. Bug’uchilik, mo’ynachilik, baliq ovlash rivojlangan.