Samuelson (Samuelson) Pol Entoni
Samuelson (Samuelson) Pol Entoni (1915.15.5, Geri, AQSh, Indiana shtati) — amerikalik iqtisodchi. 1940 y.dan Massachusets texnologiya in-tida profassistenti, 1966 y.dan shu institute prof. 1941 y.dan boshlab o’qituvchilik b-n birga davlat muassasalarida maslahatchilik ham qilgan (1961-68 y.larda oq uyning iqtisodiyot bo’yicha maslahatchisi). Xalqaro iqtisodiy uyush- ma Prezidenta (1965— 68). S.ning ilmiy ishlari hoz. zamon iqtisodiyot fanining deyarli barcha sohalarini qamraydi. Iqtisodiy dinamika nazariyasi, iqtisodiy tsikllar, iste’molchi talabi nazariyasi, farovonlikning iqtisodiy nazariyasi, xalqaro iqtisodiyot naza- riyasiga muhim hissa qo’shgan. S.ning iqtisodiy qarashlari qisqacha neoklas- sik sintez deb ataladi va daromadlar- ning taqsimlanish qonuni hoz. zamon marjinalistik goyalarining «klassik» printsiplar b-n birgalikda tahlil eti- ladi. S. aralash iqtisodiyot nazariyasi ta- rafdori, ya’ni davlatning iqtisodiyotga qisman aralashuvini ma’qullaydi. S.ning «Ekonomiks» darsligi (1945) va «iqtisodiy tahlil asoslari» (1948) asari bir necha bor nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (1970).