San-Antonio

San-Antonio – AQShning Janubiy qismidagi shahar, Texas shtatida. Aholisi 1,14 million kishi (2000). Transport yo’llarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro axamiyatga ega. Yirik chorvachilik rayonnining savdo-moliya markazi. Mashinasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat, tsement, kimyo, tikuvchilik, ko’npoyabzal sanoati korxonalari mavjud. Balneologik iqlim kurorti. universitetlar, muzeylar bor. Shaharga 1718 yilda asos solingan. 18-19-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. Shahar atrofida AQShning harbiy bazalari joylashgan.