Sangzor daryosi haqida eshitganmisiz?

Sangzor daryosi haqida eshitganmisiz? – O’zbekiston SSRning Samarqand oblastida. Gidronim sang tojikcha – “tosh” hamda – zor affiksidan yasalib, “toshloq, toshi ko’p joy” ma’nosini bildiradi. Sang so’zi umuman O’rta Osiyo toponimiyasida juda sermahsul elementdir. Sangir yoki Singir termini ham shu so’z orqali yasalib, “qal’a, tog’ cho’qqisi, istehkom” ma’nosini bildiradi: Tuya singir (Surxondaryo oblastidagi) Sanggardak toponimlarining ma’nosini ham (Sang “tosh”, Gird “yumaloq” –ak qo’shimcha) shu so’z orqali izohlaydilar. Sang komponenti turkiy – loq qo’shimchasi bilan ham ishlatialdi: Oqsangloq, Katta Sangloq (Zomin rayoni), Sanglax (Nurota rayonida).

Fikr bildirish