Sanktsiya

Sanktsiya (lot. sanctio — qat’iy qaror) — 1) huquqbuzarga nisbatan qo’llaniladigan va uning uchun muay- Yan oqibatlar keltiruvchi chora. S. xa- rakteri va qaysi organ tomonidan qo’llanilishiga qarab jinoiy-huquqiy, ma’muriy-huquqiy, intizomiyxuquqiy, mulkiy S. ga bo’linadi. Jinoiy-huquqiy S. (ozodlikdan mahrum qilish, surgun va h.k.) faqat sud tomonidan qo’llaniladi; ma’muriy-huquqiy S. (jarima, ma’mu- riy qamoq) milisiya, polisiya, davlat inspektsiyasi va sh.k. tomonidan; intizom i yhuquqi y S. (lavozimini pasaytirish, ishdan bo’shatish) — mansabdor shaxslar va ma’muriyat tomonidan; mulkiy S. (mas, qoida buzuvchining jabrlanuvchiga etka- zilgan ziyonni to’lashi yoki jabrlanuvchi foydasiga undirib berilishi, bitim, shartnoma yoki kontraktni haqiqiy emas deb topish, neustoyka to’lash va sh.k.) sud, xo’jalik sudi tomonidan alohida chora sifatida yoki boshqa choralar b-n birga- likda qo’llaniladi; 2) umumiy huquqiy normaning mazkur normani buzuvchiga nisbatan ta’sir ko’rsatish chorasini ichi- ga olgan bir qismi; 3) jinoyatda gumon kilingan shaxsga nisbatan majburiy chora (qamoqqa olish, tintuv va b.) ko’rish uchun prokuror tomonidan beriladigan ruxsat; 4) xalqaro xuquqsa — o’z xalqaro majburiyatlarini yoki xalqaro huquq normalarini buzgan davlatga nisbatan qo’llaniladigan ta’sir chorasi (Kamal, boykot, embargo, repressaliyalar, retor- siyalar va b.); 5) yuqori instantsiyaning biror narsani tasdiklashi, ijozati.