SANOATNI RIVOJLANTIRISH TASHKILOTI

SANOATNI RIVOJLANTIRISH TASHKILOTI (YUNIDO) — BMTning xalqaro tashkilotlaridan biri. 1966-yilda rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatini jadal taraqqiy ettirish va rag’batlantirish hamda BMTning mazkur sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan. Qarorgohi – Vena (Avstriya) shahrida. YUNIDOga 160 ta davlat a‘zo (2010). O’zbekiston mustaqillikka erishgach, unga teng huquqli a‘zo sifatida kirdi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mazkur tashkilotning respublika sanoatini rivojlantirishga oid qator dasturlari ishlab chiqildi.