Sanobar
Sanobar (Pinus pinea), Italiya qarag’ayi — qarag’aygullilar oilasiga mansub chiroyli doim yashil daraxt. Vata- ni — shim. Amerika va Meksika. Ochiq urug’lilarga kiradi. Tanasi to’g’ri, bo’yi 15-25 m, diametri 1 m cha. Shoxshabba- si yoshligida konussimon, kariganda yassi soyabonsimon. Igna barglari to’qyashil, uz. 10-15 sm, eni 15-20 mm, 1 juft- dan to’p bo’lib, asosan, cho’ziq novdalar uchida joylashadi. Urug’i (yong’oqchasi) yirik, qoramtir, uz. 1-2 sm. Qora den- giz sohillarida yong’oqmevali o’simlik va manzarali daraxt sifatida o’stiriladi. Urug’idan ko’payadi. Yog’ochi smola- li, pishiq. Urug’i (kedr yong’oqlariga qaraganda g’oyat mazali, pinioli deb ata- ladi) yog’ (50%) va oqsillarga boy bo’lib, to’g’ridanto’g’ri va qovurib iste’mol qilinadi. Urug’idan ovqatga ishlatila- digan mazali yog’olinadi.