«SANSHAYN – TURON»

«SANSHAYN – TURON» (inglizcha «Turon — Quyosh yog’dusi») — 3 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy va Usmon Yusupov ko’chalari kesishgan chorrahada joylashgan. 1977 yilda qurilgan. 1977-92 yillar «Leningrad» mehmonxonasi, 1992-2005-yillar «Turon» mehmonxonasi deb atalgan. Qayta ta’mirlanganidan so’ng — 2005 yildan hozirgi nomda. Ta’mirlash loyihasini «TAMAX» shaxsiy firmasi bajardi (2003— 04). Ta’mirda yangi qo’shimcha blok qurildi, xonalar kengaytirildi. Binoning yer osti qavati «A» va «B» bloklardan iborat bo’lib, xollar, qahvaxona-bar, oshxona, suzish havzasi, qo’shimcha xonalar joylashgan. 1-qavatda Vesti-Byul, xizmat ko’rsatish majmualari, foye, Xoll, restoran, savdo do’konlari, sartaroshxona, bar, sog’lomlashtirish majmuasi, ofislar, qahvaxona, muzokara xonalari va bosqa yordamchi xonalar bor. 3-9-qavatlarda turar joy xonalari joylashgan: 2 o’rinli 106 ta lyuks, 2 o’rinli 54 ta yarim lyuks xona, 2 o’rinli 14 ta apartamentli xonalar barchasi keng, qulayliklarga ega. Binoning tashqi qiyofasi sharqona uslubda ko’rkam, salobatlidir.