Sanskrit

Sanskrit (qad. hindcha Sam skrta — mukammal, sayqallangan) — hindevropa tillari oilasiga kiruvchi qad. hind til- laridan biri. Qad. hind lahjalari aso- sida shakllangan va mil. AV. 1-a.da shim. Hindistonda tarqalgan. S.ning bir necha turi bor: epik S. («Mahabharata» va «ra- mayana» tili), klassik S. (qat’iy me’yorga tushirilgan til, mil. AV. 4-a.da yaratil- gan Panini grammatikasida o’z ifodasi- ni topgan), budda (yoki gibrid) S. (budda dini b-n bog’liq adabiyot tili), jayn S. (jayn diniga oid adabiyot tili), Veda tili yoki Veda S. (k, Vedalar). S.da 7 ta kelishik, 3 ta jins va 3 ta grammatik son kategoriyalari mavjud. Fe’lda zamon va mayl tizimi nihoyatda rivojlangan. Nutkda so’z va morfemalar- ning qo’shilishi qoidalari (sandhi) tur- lituman. Qo’shma so’zlar keng qo’llanadi. Ba’zi hollarda bita qo’shma so’z butun bir gapga teng keladi. S.da juda ko’p diniy, falsafiy, ilmiy asarlar yara- tilgan, ayniqsa, badiiy adabiyot keng rivojlangan. S. Hindistonda gumanitar fanlar va ibodat tilidir. Tor doirada olim brahmanlar S. dan so’zlashuv tili sifatida foydalanadilar. S. va S. ti- lida yaratilgan madaniy meros qo’shni mintaqalar (Jan.Sharqiy va Marka- ziy Osiyo)ga, 18-a. oxirlaridan boshlab esa Evropa va Amerikaga ham ta’sir o’tkazgan. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik- ning boshlanishi S.ning kashf etilishi va o’rganilishi b-n bog’liq. S.dagi matnlarni yozuvda ifodalash uchun asli brahmi yozuvidan kelib chiqqan bir qator alifbolardan (kharo’shthi, Gupta, nagari, Kushon yozuvi va b.) foy- dalanilgan. S.ni o’rganish 2500 y. burun boshlangan (Panini va uning salaflari). Li..Ivanov V. V., Toporov V. N., San- skrit, M., 1960; Barrou T., Sanskrit, M., 1976.