Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi avtomagistrali
Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi avtomagistrali (M37) — xalqaro ahamiyatli magistral avtomobil yo’li. Umumiy uz. 1581 km. Yo’l Samarqand sh.dan boshla- nib, Buxoro— Turkmanobod (Chorjo’y) — Mari orkali Kaspiy dengizi qirgog’ida Turkmanboshi portida tugaydi. Yo’lning O’zbekiston hududidagi uz. 365 km, shun- dan 283 km I toifali, 82 km II toifali- dir. Yo’lning 62 km tsementbeton, qolgan qismi asfaltbeton qoplamali. Yo’ldagi kunlik transport harakati jadalligi 13438 avtomobil/ kunni tashkil kila- Di (2003). Yo’lning o’tmish tarixi 1928 y.lardan boshlanadi. Dastlab shag’altosh qoplamali bo’lib, Samarqand— na- voiy—Buxoro viloyatlarini o’zaro bog’lovchi asosiy yo’l bo’lgan. 1950-63 y.larda yo’l qattiq qora qoplamali kdlib qayta qurilgan (k. Zarafshon trakti). Keyinchalik sobiq Ittifok davrida yo’l qo’shni Turkmanistonning Krasnovodsk (hoz. Turkmanboshi) port sh.gacha davom etdirilib, M37 xalqaro avtomagistra- li deb qayta nomlangan. Hozir bu Avto- magistral Evropa Ittifoqining Kale sh. (Frantsiya)dan boshlanib Belgiya, Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya, Qozog’iston, O’zbekistan, Kirg’iziston orqali o’tib, qo’shni Qozog’istonning ol- maota sh.da tugaydigan katta E40 xalqaro avtomagistralining respublikamiz hududidan Buxoro—Navoiy—Samarqand orqali o’tuvchi qismiga kiradi. Ad.: Strelsov I. V., Semenov L. I ., Opit stroitelstva avtomobilnix do- Rog v O’zbekistane, T., 1965. Tohirjon Mirzaev.