«Saodat»

«Saodat» — O’zbekiston xotin- qizlarining ommabop, ijtimoiy-siyo- siy, badiiy-bezakli jur. Toshkent sh.da 1 y.da 8 marta nashr qilinadi. Dastlab «Yangi yo’l» (1925-34), «yorqin turmush» (1936— 50), «O’zbekiston xotin-qizlari» (1950— 65) nomlari b-n chop etilgan. Muayyan sabablar va urush tufayli jur. 1934 y. apr.dan 1936 y. iyulgacha, 1941 y. iyuldan 1950 y. okt.gacha nashr etilmagan. 1966 y.dan xoz. nomda. Jur.ga turli yil- larda O’zbekistonning tanikli Adiba- lari — jamoat arboblari muharrirlik qilgan: Tojixon Shodieva (1927— 29), Sobira Xoldorova (193031), Xosiyat Til- laxonova (1931-34), Saodat Shamsieva (1936-37), Fotima Niyozova (1937-38), Iqbol Akbarxujaeva (1939-41), Oydin (M. Sobirova, 195153), Zulfiya (195385) va H. Xudopberdieva (1985-94). Utgan barcha davrlarda jur. o’zbek ayo- lining oilada nazokatli, sevimli, Far- zandlariga mexribon bo’lishi, turmush mashaqqatlarini engib o’tib, jamiyatda ham o’z urnini topishiga kumakdosh bu- lib kelgan; juda kup yosh shoira, Adiba- larning ijodkor sifatida shakllani- shi uchun maktab vazifasini o’tagan. X. Ahrorova, S. Mahmudova, R. Shomansu- rova, H. Xudoyberdieva, O. Hojieva, Sh. Salimova, R. Rahmonova, M. Ulug’ova, Q. Rahimboeva, D. Saidova, X. Bobomuro- dova va b. ijodkorlar «S.»maktabining turli davrlardagi talabalari bo’lib, bu- gun O’zbekistonda tanikli ijodkorlar sifatida faoliyat kursatib, «S.»tajri- balarini targ’ib qilmoqdalar. Respublika mustaqilligi yillari- da «S.»ayol qalbining minbari, milliy qadriyatlarning targ’ibotchisi, xotin- qizlarni keng ijtimoiy faoliyatga chor- lovchi ommabop jur. sifatida tiklanayot- gan millat ayollarining o’zini ozod inson sifatida qayta kashf etishi, imkoniyat- larini namoyon qilishiga ruhiy madad- kor vazifasini bajarmoqda. Unda o’zbek ayollarining turmush tarzi, uy tutishi, salomatligi, bola tarbiyasi, madaniyma- ishiy ehtiyojlari va b. masalalar yoriti- lishi b-n birga o’zbek madaniy merosi va milliy qadriyatlaridan, jahon adabiyo- tidan, yosh ijodkor qizlarning asarlari- dan namunalar, dunyoning mashhur xotin- qizlari hayotidan qiziqarli lavhalar berib boriladi. 1999 y.dan «S.»jur.ga ilova sifatida «Gulchehralar» gaz. Nashr etilmoqda. Oyiga 1 marta — yiliga 12 marta chop qilinadigan bu gaz. ko’proq yoshlar mavzuini yoritadi. Adadi 40000 (2003). Muharriri — Oydin Hojieva (1994 y.dan).