Sapporo

Sapporo — Yaponiyadagi shahar, Xokkaydo orolining Janubiy g’arbiy qismida. Aholisi 1,8 million kishi (2000). Orolning eng muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Otaru porti bor. Qishloq xo’jalik mahsulotlari, baliq, yog’och qayta ishlanadi. Neft kimyosi, rezina, mashinasozlik (jumladan, aviasozlik), metallsozlik, ko’nteri, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. universitet, botanika bog’i, botanika va etnografiya muzeylari bor. Qishki sport o’yinlari markazi. Sapporoda 1972 yilda 11-qishki Olimpiada o’yinlari bo’lib o’tgan.