Saransk
Saransk – RFdagi shahar (1651 y.dan), mordva Respublikasi poytax- ti (1990 y.dan). Insar daryosi (Volga havzasi)ning chap sohilida. T.y. Stan- tsiyasi. Avtomobil yo’llari tuguni. Aholisi 317,7 ming kishi (1998). S. 1641 y.da rus davlatining Jan.sharqqa kengay- ib borishida chegaradagi qal’a sifatida vujudga kelgan. 1651 y.dan uezd shaxri. 1670 y. S.T.Razin qo’shinlarining tayanch punkti bo’lgan. 1774 y. shaharga E. I. Puganee kirib kelgan. 1801 y. dan Pen- za gubernyasining uezd markazi. 1893 y. S. orqali t.y. o’tgan. S.da 1917 y. 5(18) dek.da sho’rolar hokimiyati o’rnatilgan. 1928 y.dan S. Mordva milliy okrugi, 1930 y.dan mordva Muxtor viloyati Mar- kazi, 1934-90 y.larda mordva Muxtor Respublikasi, 1990 y.dan mordva Re- spublikasi markazi. Mashinasozlik, metallsozlik (shu jumladan, elektro- texnika sanoati, priborsozlik, ekskava- tor, avtosamosval, televizor va b. ishlab chikarish), kimyofarmasevtika va kimyo, engil, oziq-ovqat, qurilish material- lari sanoatlari bor. 2 oliy o’quv yurti (shu jumladan, mordva un-ti), i.t. in- stitutlari, 3 teatr, suratlar galereyasi, o’lkashunoslik, haykaltarosh S.D. Erzya muzeylari, telemarkaz mavjud. Me’- moriy yodgorliklardan Ioann Bogoslov cherkovi (17-a. oxiri), g’ishtin palatalar (17-a.) saqlanib qolgan.