Sardob

Sardoba– cho`llarda (ayniqsa taqirlarda) yer ustidagi suvlar to`planadigan suv ombori. Ko`pincha usti suv kam bug`lansin uchun g`ishtin gumbaz bilan yopilgan, suv yerga shimilib ketmasin uchun ba’zilarining tagiga g`isht yotqizilgan bo`ladi. Ayrim sardobalarda suv yil bo`yi saqlanadi. Hovuzli yerto`lalar ham sardoba deyiladi. O`rta Osiyoda, xususan Janubiy O`zbekiston va Sharqiy Turkmanistonda ko`p uchraydi. Sardoba hovuzining chuqurligi 10-15 m, diametri 12-16 m, devorining qalinligi 1-1,5 m bo`lgan. Sardoba gumbaziga uch tomondan ventilyatsiya darchasi va tepasiga bitta mo`ri ishlangan. Bular suvning buzilmay saqlanishiga imkon bergan.