Sardoba
Sardoba — Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidati qishloq, tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Erjar (26 kilometr). Sardobadan viloyat markazi (Guliston shahri) gacha — 45 kilometr. Aholisi 15,3 ming kishi (2003). Sardobada tuman hokimiyati binosi, davlat va ma’muriy tashkilotlar, paxta tozalash zavodi, dehqon bozori, 4 umumiy ta’lim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, kutubxonalar, madaniyat uylari, Xotira maydoni, poliklinika, kasalxona, dorixonalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.