Sargardon

Sargardon (forscha cap — bosh; gardon — aylantirmoq) — 1) bekorga ovorai sarson bo’lib yurish, ovorai sarsonlik; 2) boshidan o’girib sadaqa qilish; O’zbekistonning ayrim tumanlarida og’ir yotgan bemor yoki o’zining boshidan aylantirib faqirlarga berilgan pul, mol yoki boshqa qimmatbaho narsalar; 3) 20-asrning 30-yillarigacha to’y va bazmlarda raqqos va raqqosalar o’yinga tushganda ularning boshlaridan aylantirib, so’ng qo’llariga berilgan pul yoki boshlaridan sochilgan tangachaqalar.