Sarichelak

Sarichelak — Chatqol tizmasi- ning Jan. yon bag’ridagi chuchuk suvli ko’l, Qirg’izistonda. Arkit daryosi boshlanish qismida, dengiz sathidan 1925 m ba- landlikda tog’qulab, daraning to’silib qolishi natijasida 10 ming yil oddin hosil bo’lgan. Uz. 7,5 km, eng keng joyi 2280 m, mayd. 4,9 km2. Eng chuqur joyi 244 m. Qirg’oqlari aksari tik, ba’- zi joylarida qo’ltiq va buxtalar bor. Qirg’oq chizigining uz. 21 km. S.ga sa- richelak daryosi quyilib, Toshko’l daryosi oqib chiqadi. May oyida suvi ko’payadi. Dek.dan aprelgacha muzlaydi. Suvining t-rasi avg.da 19,8°, Fev.da 0° atrofida. Ko’lda sazan, karp, Sarichelak marinkasi, suvilon bor. S. Sarichelak qo’riqxonasi tarkibida.