Sariq arilar

Sariq arilar (Polistes) pardaka- notlilar oilasiga mansub hasharotla urug’i. Oila bo’lib yashaydi, in quradi. Oilasi inga asos solgan urgochisi, bir qancha erkak va ko’p sonli ishchilardan iborat. Ishchilari ona aridan faqat bir oz kichikroq bo’lishi b-n farq qiladi. Ishchilari orasida in qo’riqchilari, in quruvchilari, qurtlarini boquvchilari va oziq yig’uvchilari bo’ladi. Lekin S.a. oilasida mehnat taqsimoti qatiy bo’lmaydi. Inlari juda ko’p katakcha- lardan iborat, ko’p qavatli bo’ladi. S.a. inni jag’lari yordamida maydalab, so’lak b-n aralashtirilgan yog’och tolasidan tay- yorlangan krg’ozdan quradi. S.a. oilasi qishda halok bo’ladi, faqat urg’ochilari qishlab qoladi. Erta bahorda urg’ochi S.a. yakka o’zi yoki ba’zan bir nechtasi birga- likda bir necha uyadan iborat in quradi. Har bir uyaga ona ari bittadan tuxum qo’yadi. Uyasi yarim doira shaklida, poyacha yordamida substratga yopishgan, katakla- rining og’zi pastga qaragan bo’ladi. Etil- gan qurtlar uyalarini yopib, uning Ichida g’umbakka aylanadi. Uyalardan chiqqan ishchilari uya qurish va naslni boqishni davom ettiradi. S.a. gul nektari va o’simlik shirasi b-n ozikdanadi. S.a. mo»tadil va tropik iqlimda keng tarqalgan. O’rta Osiyoda Kaspiy po- listasi ko’p uchraydi. Bu tur kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar, gijjalar tuxu- mi va bir hujayralilar sporalarini yuqtirib hamda uzum va b. mevalarni eb ziyon keltiradi.