Sariq uyg’ur tili

Sariq uyg’ur tili – Sharqiy turkiy tillardan biri; asosan, XXRning Gansu viloyatidagi Minxua mintaqasida tarqalgan. So’zlashuvchilar soni taxm. 4-5 ming kishidan iborat. Aniq dia- lektal bo’linishga ega emas; tog’lik va dashtlik aholi shevalarida fonetika va leksika sohalarida ayrim tafovutlar kuzatiladi. S.u.t. leksikasi turkiy va noturkiy (sanskrit, Tibet, mo’g’ul, Xitoy) tillar- ga xos unsurlar qorishmasidan ibo- rat, lekin grammatik qurilishi asl turkiyligicha saqlanib qolgan. S.u.t. ning o’tmishda qad. uyg’ur tiliga yaqin bo’lganligi haqida taxminlar bor. Sariq uyg’urlar 18-a. oxirlarigacha qad. uyg’ur adabiy tilidan foydalanib kelgan va keyinchalik Tibet tilining ta’sirida qad. uyg’ur yozuvi unutilgan bo’lsa ke- rak. S.u.t. oddiy so’zlashuv tili bo’lib qolmoqda.