Sariqo’l tizmasi

Sariqo’l tizmasi – Sharqiy Pomirdagi tog’tizmasi. Tojikiston Respublikasi togli Badaxshon Muxtor viloyati va Xitoy chegaralari bo’ylab cho’zilgan. Tizma shim.da Markansuv Daryo- sidan boshlanib, Jan.da Beik dovoniga- cha (bal. 4762 m) davom etadi. Uz. 350 km. St. Tarim va Panj (Amudaryo) daryolari havzasini bir biridan ajratib turadi. St., asosan, kenglik bo’ylab cho’zilgan. Eng baland joyi 6351 m (Lavirdir tog’i). Tizmada Amudaryo va Tarim vodiylarini bog’laydigan bir qancha dovonlar (Uchbel, o’zbel, Budabel, Aramit, qulma, Tuzakchi va b.) bor. Relefi murakkab. Suvayirg’ich kismi, yon bag’irlarida eroziya, denu- Dasiya jarayonlari va muzliklar ta’si- ri natijasida vujudga kelgan relef shakllari mavjud. Asosan, kristalli slanes va granitoidlardan tuzilgan. Shim. qismida muzliklar bor. Tizma- ning yon bag’irlarida baland tog’cho’li o’simliklari o’sadi.