Sariqo’rg’on

Sariqo’rg’on — Farg’ona vodiy- sidagi So’x daryosining o’ng qirg’og’ida, Qo’qon sh.dan 25 km Jan.da joylashgan muhim arxeologik yodgorlik. Rejasi deyar- ta kvadrat shaklga ega (60×60 m). Dastlab, milod boshlarida uncha katta bo’lmagan qal’a, so’ngra 7-8-a.larda u kengay- tirilib, hoz. saqlangan holatidagi qal’aqo’rg’on qurilgan. Qurilishda pax- sa va xom g’ishtlardan foydalanilgan. Yodgorlikning 4 burchagida va 2 yon devo- rida oraliq Burjlar (jami 6 ta) yaqqol ko’rinib turadi. Demak, shahar mudofaa- sida asosiy e’tibor 4 tomondagi devor- lar va ulardagi Burjlar mustahkamligi va mukammalligiga qaratilgan; devor va burjlarda ikki qator shinaklar yasalgan. S. So’x vohasining asosiy suv manbai boshlanishida qurilgan qal’a bo’lib, uning vazifasi suv zaxiralarini nazorat qilish va qo’riklash edi. Bunday insho- otlarni vodiyning Qoradaryo, Quvasoy, Isfarasoy bo’ylarida ham tiklaganlar. S. nafaqat Farg’ona vodiysi, balki O’rta Osiyo qal’aqo’rg’onlar me’morligini o’rganishda muhim muhandislik obida- sidir.