Sarisuv

Sarisuv — Qozog’iston Respu- blikasining Qarag’anda va Qizilo’rda viloyatlaridagi Daryo. Uz. 671 km, havzasining mayd. 81600 km2. Jaman Sarisuv va jaqsi Sarisuv daryolari- ning qo’shilishidan hosil bo’lgan. Dast- lab Qozog’iston past tog’larining Jan. Sharqiy qismlari bo’ylab, quyi oqimida esa Betpaqsalaning g’arbiy chekkasi bo’ylab oqadi. Yuqori qismida vodiysi tor, quyi qismida eni 5-10 km gacha. Qor suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi quyilish joyidan 382 km da 7,3 m3/sek. Yuqori va quyi qismida iyuldan yanv. gacha quriydi. Sanoat suv ta’minoti va sug’orish uchun foydalaniladi.