Sarjin, sajen
Sarjin, sajen (slavyancha sag — qadam, odim) — 1) sajen — qadimgi rus uzunlik o’lchov birligi. Xalqaro metrik o’lchovlar tizimi kiritilgunga qadar (1918 yil) ishlatilgan. 1 Sarjin =3 gaz=48 vershok=2,13360 metr. Yuza o’lchov birligi — desyatina (2400 kvadrat sajen); 2) Sarjin — hajm o’lchov birligi. Juda qadimdan paxsa devor va palyon o’tinlarning hajmini o’lchashda qo’llanib kelingan, masalan, bo’yi uch gaz, eni 0,6—0,75 gaz, balandligi bir yarim gaz qilib terilgan palyon o’tin yoki urilgan paxsa 1 Sarjin hisoblanadi.