SAROYBOTU

SAROYBOTU, eski saroy (yil- nomalarda — katta saroy) — Botuxon tomonidan qurdirilgan shahar (1254). Dastlab Oltin O’rdattt asosiy siyosiy markazi hisoblangan. S.B.da ko’plab sa- roylar, masjidlar, hunarmandchilik dahalari (Cherepyanoe pole) va b. bo’lgan. S.B. atrofida katta nekropol joylash- gan. Oltin O’rda xonlarining o’zaro ku- rashi va Amir Temurning yurishi (1395) natijasida qattiq shikastlangan. 1480 y. uzilkesil vayronaga aylangan. 18-a. shahar o’rnida selitra (o’g’it) zavodi joy- lashgan. Shahar xarobalari hoz. Astra – xon viloyati Xarabali tumanidagi Se- litrennoe kishlog’ida saqlanib qolgan. F.B.Ballod (1922), P.S.Rikov (1931)lar tomonidan qazish ishlari olib borilgan.